Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy sinovlari bölib ötmoqda.

Ayni vaqtda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh kimyogarlar o‘z bilim va salohiyatlarini xalqaro maydonda namoyon etmoqda.
Ishtirokchilar tajribalar o‘tkazish mahorati, tahliliy fikrlash qobiliyati hamda amaliy ko‘nikmalari orqali o‘zaro bilim va tajriba almashmoqda.
Bunday xalqaro uchrashuvlar yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, fan va innovatsiyalarga qiziqishini oshirish hamda kelajakdagi ilmiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Amaliy imtihon jarayonini ONLINEkuzatişingiz mumkin.



