OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETINING YANGI OʻQUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

04.09.2023

Bugun, 4-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz va sharq filologiyalari fakultetlari uchun poytaxtimizning Uchtepa tumanida qurilgan 7 qavatli 2500 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda soʻz olganlar, bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada yaxshilash, talabalar uchun zarur sharoit yaratish, ilgʻor oʻqitish usullarini oʻquv jarayoniga joriy qilish, buning pirovardida malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga doir amaliy saʼy-harakatlar oʻz samarasini berayotganini taʼkidladilar.

“Bugun yangi oʻquv yilining ilk kuni, shu kunlarda esa Vatanimiz istiqlolining shonli oʻttiz ikki yillik toʻyi katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. Davlatimiz rahbari doimo taʼlim, taʼlim, muallim, muallim, deb taʼkidlashlari bejiz emas. Chunki taʼlimni rivojlantirmasdan turib, yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz. Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, taʼlimdir” – deydi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalari vaziri I.Abdurahmonov oʻz nutqida.

 Endilikda bu hududda ingliz filologiyasi va sharq filologiyasi fakultetlari talabalari barcha qulayliklarga ega boʻlgan yorugʻ, shinam va ozoda zamonaviy oʻquv xonalarida saboq olishadi. Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Axborot-resurs markazi va oʻquv zali mavjud. Bir soʻz bilan aytganda, mazkur binoning ishga tushirilishi oʻquv jarayoni va mustaqil taʼlimni tashkil etishda qator qulayliklarni yaratadi.

https://edu.uz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten − 2 =