OʻZBEKISTON-KOREYA | XALQARO ANJUMAN 1-KUN YAKUNI BOʻYICHA 20 GA YAQIN MEMORANDUM VA SHARTNOMALAR IMZOLANDI

27.03.2023

Xalqaro anjuman yakuni boʻyicha 20 ga yaqin memorandum va shartnomalar imzolanib, oʻzaro hujjatlar almashilindi.

Shuningdek, ikkita seksiya muzokaralari natijalari o‘qib eshittirilib, forum yakunlari yuzasidan rezolyutsiya qabul qilindi.

Bugungi forum ishining yopilish marosimida Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va Koreya tomonidan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi.

Odil Abdurahmonov soʻzga chiqib, mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan samimiy tabrikladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilk forum natijalari taʼlim sohasida olib borilayotgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etdi.

Ibrohim Abdurahmonov forum doirasida qizgʻin, foydali va oʻzaro manfaatli fikrlar almashinuvi boʻlganini taʼkidlab, ikkala tomondan ham oliy taʼlim muassasasida taʼlim jarayoniga oid qator muhim fikrlar va yangi gʻoyalar ilgari surilganini aytib o‘tdi. –Oʻylaymanki, forum yakunlari ikki tomon uchun hamkorlik qilish naqadar zarur ekanligini koʻrsatdi, – dedi vazir.

Forum o‘z ishini ertaga Samarqandda davom ettiradi. Tashrif doirasida mehmonlar qadimiy shahardagi oliy o‘quv yurtlari va tarixiy obidalar bilan tanishadilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × three =