OʻZBEKISTON VA QIRGʻIZISTON OLIY TAʼLIM MUASSASALARI REKTORLARI IKKINCHI FORUMI BOSHLANDI

16.07.2024

Samarqandda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi boshlandi. Unda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari va professor oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

Forumni Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Qirgʻiziston oliy taʼlim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva ochib berdi.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov o’z nutqida o‘zaro munosabatlarda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, birgalikda o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratish muhimligi qayd etdi.

– Bugungi kabi qo‘shma konferensiya, seminar va forumlarning o‘tkazilishi ilg‘or tajriba almashish, universitetlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va kasbiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishdir.
Bularning barchasi mamlakatlarimizga zamonaviy jamiyat oldida turgan murakkab vazifalarni birgalikda hal etish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi, – dedi vazir Q. Sharipov.

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva birgalikdagi sa’y-harakatlar oliy ta’lim va ilm-fan sohasida yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga olib kelishiga ishonch bildirdi:

– Bugun dunyoda dolzarb bo‘lib turgan oziq-ovqat xavsizligi, suv resurslarini boshqarish kabi masalalarni forum ishida muhokama qilish joiz deb bilaman. Biz birgalikda ta’lim, ilm-fan, turizm kabi sohalarni rivojlanitirishimiz lozim. Universitetlarimiz o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirishimiz, bu borada yo‘l xaritasi ishlab chiqishimiz kerak.

Forum ikki kun davom etadi. Unda ikki tomonlama samarali hamkorlik bitimlari imzolanishi kutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − five =