Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumi doirasida Pekin shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov va Xitoy Fan va texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Chjan Yuydun bilan uchrashdi.
Unda tomonlar fan va texnologiyalar sohasida hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilib, hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashdilar.Tomonlar muzokaralar natijasida qator kelishuvlarga erishdilar.
Xususan, Oʻzbekiston va Xitoy olimlari oʻrtasida qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovining navbatdagi bosqichini oʻtkazishga kelishildi. Bunda tomonlar biotexnologiya, genetika, tibbiyot, muqobil energetika, materialshunoslik, geologiya kabi sohalardagi tadqiqotlarni hamkorlikda moliyalashtirishlari koʻzda tutiladi. Taʼkidlash joizki, hozirgi kunga qadar hamkorlik 20 ta loyiha 27,4 mlrd soʻm miqdorida moliyalashtirib boʻlindi. Hozirda tanlovdan oʻtgan umumiy qiymati 18 mrld soʻmlik 20 ta loyihani moliyalashtirish jarayoni olib borilmoqda.
Shuningdek, oʻzbekistonlik yosh olimlar uchun Xitoyning ilgʻor ilmiy muassasalarida stajirovka dasturlarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilinib, bu sohadagi ishlarni kengaytirish boʻyicha fikr almashildi. Tomonlar ikki davlat texnologik parklari va innovatsion markazlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.