OʻZBEKISTONDA SIFATNI TA’MINLASH MILLIY RAMKASINI (STMR) SHAKLLANTIRISH BOʻYICHA KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TMOQDA

14.05.2024

Oʻzbekiston hukumati bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning “Oʻzbekiston qishloq joylarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Oʻzbekistonda Sifatni ta’minlash milliy ramkasini (STMR) shakllantirish boʻyicha konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan texnik kasb-hunar ta’limi sohasida “Sifatni ta’minlash milliy ramkalari” bo‘yicha xalqaro konferensiyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib berdi.

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi ham oʻz qutlov soʻzida professional taʼlimda sifatni taʼminlashning muhim rolini taʼkidlab oʻtdi.

— Yoshlarning izchil va yuqori sifatli taʼlim olishlarini taʼminlash orqali taʼlimda adolat, shaffoflik va javobgarlik qoʻllab-quvvatlanadi. Sifatni taʼminlash milliy tizimini joriy etish orqali Oʻzbekiston oʻz professional taʼlim dasturlari yaxlitligi va samaradorligini oshirish, shu orqali taʼlim natijalarini yaxshilash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga erishadi, — dedi Sara Noshadi oʻz soʻzida.

https://gov.uz/edu