OʻzDJTU REKTORI  OʻZBEKISTON-XITOY TAʼLIM FORUMIDA ISHTIROK ETMOQDA

22.01.2024

Bugun 22-yanvar sanasida OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov Pekin shahrida boʻlib oʻtayotgan  Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumida ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun, ushbu  forum ikki davlat oʻrtasidagi 150 dan ortiq Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini bir davraga jamlagan yirik miqyosdagi anjuman hisoblanadi.

Ayni paytda, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik va oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yuzasidan shartnomalar imzolanish arafasida. Xususan, OʻzDJTU va Liadong universiteti oʻrtasida hamda bir qancha oliy taʼlim muassasalari bilan memorandum imzolash koʻzda tutilgan.