OʻZDJTUGA BUTUNJAHON MUSULMON JAMIYATLARI KENGASHI DELEGATSIYASI VAKILLARI TASHRIF BUYURDI

06.03.2024

Butunjahon musulmon jamiyatlari kengashi Bosh direktori, “Chegara bilmas oʻqituvchilar” Xalqaro tashkiloti vakillari hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Arab davlatlari — Misr, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Oʻmon Sultonligi kabi davlatlar oliygohlari bilan aloqalarni rivojlantirishda koʻmaklashish, jumladan, talaba va oʻqituvchilar almashinuvi, arab tili oʻqituvchilari malakasini oshirish uchun turli jamgʻarmalar orqali grantlar ajratish, ilmiy sohada hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − 7 =