OʻZDJTUGA YAPONIYA RAQAMLI UNIVERSITETI (JDU) TAʼSISCHILARI TASHRIF BUYURDI

09.01.2024

Japan Digital University (JDU) taʼsischilari Xaga Xiroaki, Kondo Toshiko hamda JDU rektori R.Mamajonovlardan iborat delegatsiya O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdilar hamda universitet rektori I. Tuxtasinov bilan uchrashdilar.

Tashrif doirasida, JDU faoliyati haqida fikr almashildi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Shu bilan birga talabalarning bandlik masalasi, OʻzDJTUda yapon tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha JDU tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yordamlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.