O‘ZBEKISTON OTMLARI REYTINGI E’LON QILINDI: O‘zDJTU KUCHLI 10TALIKDA

22.05.2019

UniRank O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingda jami O’zbekistonning 65ta OTMlari ishtirok etgan bo’lib, bu ro’yxatdagi kuchli o’ntalikdan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham joy egallagan.

Ma’lumot o’rnida, UniRank bu – oliy ta’lim sohasidagi reyting bilan shug’ullauvchi xalqaro tashkilot bo’lib, har yili dunyodagi 200dan ortiq mamlakatdagi 13600ga yaqin universitet va kollejlar reytingini olib boradi.

Reyting tizimi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:

  • mamlakatdagi oliy ta’lim vazirligi tomonidan rasman tan olingan va o’z litsenziyasiga ega bo’lishi;
  • 4 yillik bakalavr yoki oliy ta’limning keyingi bosqichlari – magistratura va doktorantura bosqichlarini qamrab olishi;
  • ta’limni oliy ta’lim muassasasi hududida an’anaviy tarzda tashkil qilingani.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti mazkur mezonlarga to’la javob bera oladigan oliy ta’lim muassasasi bo’lib, xalqaro reyting tizimida munosib o’rinni egallash maqsadida ta’lim tizimini xalqaro me’yorlarga to’la javob beruvchi OTMga aylantirish yo’lida bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − 3 =