O‘ZBEKISTON – ROSSIYA TA’LIM FORUMINING ILK NATIJASI: O‘ZDJTU VA MDLU VAKILLARI QO‘SHMA DASTUR MUHOKAMASINI BOSHLADI

23.01.2019

Bugun, 23-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU) vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

MehmonlarMDLUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Petruchak Larisa Anatolyevna hamda mazkur oliy ta’lim muassasasining o‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i Jukova Alla Klavdiyevnalar O‘zDJTU rektori G‘anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi.

Shuningdek, tashrif doirasida ikki hamkor universitet vakillari ishtirokida davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur suhbat davomida tomonlar istiqboldagi rejalar hamda ikki tomonlama hamkorlikqilishni yanada kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Ahamiyatli jihati shundaki, O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumining ilk niholi sifatida e’tirof etilayotgan ushbu uchrashuv, MDLU va O‘ZDJTU hamkorligidagi bakalavr yo‘nalishiga qaratilgan qo‘shma dastur muhokamasi va uni ishlab chiqishga qaratilgan. Endilikda MDLU va O‘zDJTU hamkorligida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Qo‘shma dastur ilk talabalarni qabul qila boshlaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 + fifteen =