O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA: OLIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KENGAYADI

20.05.2019

2019-yil 18-may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida hamkor aloqalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Anton Ribakov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan ta’lim sohasidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari O.Abduraxmanov boshchiligida Oliy va o‘rta maxus ta’lim vaziri I.Majidov, Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin, Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovlar Rossiya tomoni bilan ta’lim sohasida erishilgan bitimlar doirasida belgilangan vazifalar ijrosini hamda hamkorlikning yangi qirralarini ochish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3997-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasida” hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha vazifalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi Hukumatlararo kelishuvni ikki tomon ham ratifikatsiya qilgan.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash ishlarini kengaytirish, RF OTMlarining yurtimizda ochilishi rejalashtirilgan filiallari, qo‘shma fakultet va ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilib, belgilangan vazifalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga keshilib olishdi.

2018 yilning oktyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya birinchi ta’lim forumida imzolangan shartnomalar bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan davr mobaynida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi qarori bilan Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filiali tashkil etildi. Natijada yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Rossiya OTMlari filiallarining soni 7 taga yetdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 9 =