O‘zDJTU «KÜNİB» KAVKAZ UNIVERSITETLAR BIRLIGIGA A’ZO BO‘LDI

18.05.2019

Bugun, 18-may kuni Kavkaz Universitetlar Birligi (KÜNİB ) raisi Ramazan Korkmaz hamda Turkiyaning peshqadam universitetlari rektorlari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida, Turkiyalik mehmonlar kampus bo’ylab qilingan kichik sayohat davomida O’zDJTU qoshidagi AQShning Webster universiteti faoliyati bilan, Respublika chet tillarni o’qitishning innovatsion uslublarini yaratish va tadbiq qilish ilmiy-amaliy markazi, qolaversa, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Mehmonlarga turk tilini katta ishtiyoq bilan o’rganayotgan talabalar turk tilida chiqishlar qilib, Alisher Navoiy sh’erlarini ham o’zbek tilida, ham o’zlari tomonidan tarjima qilingan turk tilidagi namunalarini havola qildilar.

Shundan so’ng, O’zDJTU rektori G’.Raximov boshchiligidagi universitet rahbariyati KÜNİB raisi Ramazan Korkmaz hamda Turkiyadan tashrif buyurgan bir qator OTM rektorlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida universitetlar rektorlari o’z oliygohlari haqida taqdimot qildilar.

Tadbir davomida, O’zDJTU Kavkaz universitetlar birligi (KÜNİB)ga a’zo bo’ldi. Ikki tomonlama Hamkorlik kelishuviga O’zDJTU rektori G’anisher Raximov va Kavkaz Universitetlari Birligi raisi, janob Ramazan Korkmaz imzo qo’ydilar.

Tadbir yakunida, universitet rektori G’.Raximov Turkiyadan kelgan OTM rektorlari bilan ikki tomonlama Hamkorlik kelishuvlarini imzoladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 − 9 =