O’ZDJTU MALAYZIYA OTMLARI BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLAMOQDA

26.02.2018

FEV 26-27, 2018. Malayziyaning O’zbekistondagi elchixonasi ko’magida Malayziyaning Sulton Idris nomidagi Pedagogika universiteti O’zDJTU bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o’rnatdi.

Tomonlar nafaqat malay tilini, balki boshqa xorijiy tillarni o’qitishda samarali ishlar olib borishga kelishib olishdi.

Sulton Idris nomidagi Pedagogika universiteti O’zDJTUga zamonaviy texnik jihozlar, kitoblar va adabiyotlar sovg’a qilish bilan bir qatorda, mutaxassis Dr. Mohd Fayz ibn Idrisni talabalarga malay tili bo’yicha dars mashg’ulotlarini olib borish uchun yubordi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 8 =