O‘zDJTU QOSHIDAGI VEBSTER UNIVERSITETI FILIALINI JORIY YIL 100 NAFAR MAGISTRANT TAMOMLAMOQDA

18.05.2019

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va AQShning Vebster universiteti hamkorligidagi magistratura yo’nalishini joriy o’quv yilida TESL dasturi bo’yicha jami 100 magistrantlar tamomlaydi.

Vebster magistraturasida amerikalik mutaxassislar hamda mahalliy malakali o’qituvchilar dars mashg’ulotlarini olib boradilar. Mazkur magistraturaning bitiruvchilari nafaqat O’zbekistonda, balki dunyoning istalgan yerida o’z mutaxassisliklari bo’yicha ishlash imkoniga ega bo’ladilar.

TESL– ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qituvchi ta’lim dasturi hisoblanib, o’qitish qobiliyatiga ega mutaxassislar uchun mo’ljallangan.

Ma’lumot o’rnida, Vebster universiteti – xususiy universitet bo’lib, 1915-yilda AQShning Missuri shtati Sent-Luis shahrida asos solingan. Xalqaro reytinglarda yuqori o’rinni egallaydi. Universitetning xalqaro kampuslari Yevropa va Osiyoning bir qancha shaharlarida ham joylashgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 2 =