O’ZDJTU ROSSIYA FEDERATSIYASINING ADEGEY DAVLAT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK O’RNATDI

19.10.2018

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Adegey davlat universiteti rektorlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

O’zDJTUda tashkil etilgan mazkur tadbirda tomonlar keng qamrovli hamkorlik masalalari, jumladan, yangi adabiyotlar yaratish, talabalar hamda o’qituvchi-professorlar o’zaro almashish, xalqaro konferensiya va simpoziumlarni tashkil qilish, ta’lim sohasida o’zaro fikr almashish borasida muhokamalar bo’lib o’tdi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama Anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolandi. Uchbu hujjatga asosan tomonlar imiy-tadqiqot loyihalari ustida ish olib borish; ma’ruzalar o’qish; ilmiy va madaniy tadbirlar tashkil etish kabi ishlarni amalga oshiradilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 4 =