OʻZDJTU VA KDU OʻRTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

26.03.2019

Joriy yil 25-26 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Kurgan davlat universiteti (KDU) vakillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi. KDu xalqaro boʻlim boshligʻi Levchenko Galina Paramonovna hamda Gumanitar universiteti direktori Maslyujenko Denis Nikolayevichlardan iborat delegatsiya OʻzDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan rasmiy uchrashuvda bo’ldilar.

Tashrif davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Universitetda rus tili yo’nalishi bo’yicha OʻzDJTU va KDU oʻrtasida Qoʻshma dastur shartnomasini imzolash;
  • Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
  • Hamkorlikda oʻquv adabiyotlarini yaratish;
  • Gumanitar sohada ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.

Tashrifning ikkinchi kunida tomonlar oʻzaro OʻzDJTU va KDU oʻrtasida rus tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha Qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish boʻyicha Hamkorlik memorandumini imzolashdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + 4 =