O‘zDJTUDA “AMIR TEMUR – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ” MAVZUSIDA ADABIY KECHA BO‘LIB O‘TDI

08.04.2019

Bugungi kunda Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosini o‘rganishga qiziqish jahon miqyosida tobora ortib bormoqda. Yurtimiz va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasiga oid ko‘plab badiiy, publitsistik asarlar yaratilmoqda, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Sohibqironning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasini keng jamoatchilikka yanada keng yoyish maqsadida 2019-yilning 8-aprel kuni sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” deb nomlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Kecha xalq hofizlarining jonli ijrodagi qo‘shiq va kuylari bilan boshlandi.

Tadbir ikki qismda tashkillashtirildi:

  • Birinchi qism – “Amir Temur – hurlik quyoshi” mavzusiga bag‘ishlanadi. Mazkur qismda O’zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov va xonanda Alijon Isoqovlar o‘z chiqishlari bilan qatnashdilar.
  • Ikkinchi qism – “Amir Temurga munosib voris bo‘laylik” deb nomlanib, bu tadbir badiiy chiqishlar asosida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq hofizi O‘ktam Ahmedov, xonanda Shuhrat Daryo, qo‘shiqchi Dildora Niyozova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Rahimovalarning badiiy chiqishlar qildilar.

 

Shuningdek, tadbir doirasida Temuriylar davriga oid me’morchilik namunalari asosida rasmlar ko‘rgazmasi ham tashkillashtirildi. Mazkur ko‘rgazma tadbir ishtirokchilarida temuriylar davri me’morchiligiga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbirda O‘zDJTU rahbariyati va universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + ten =