O‘zDJTUDA ANGLIYALIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA TRENINGLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

10.05.2019

Joriy yilning 10-24-may kunlari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator trening va uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zDJTU huzuridagi RIAIM tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan loyihalar doirasida bo’lib o’tmoqda. Bu trening va uchrashuvlarga angliyalik mutaxassislar Rod Bolayto va Jefri Stenfordlar jalb etilgan.

Jumladan:

Angliyalik mutaxassis Rod Bolayto bilan trening va uchrashuvlar:

  • 10-13 may kunlari OTMlar qoshida tashkil etilgan kasbiy rivojlanish markazlarida foydalanish uchun mo’ljallangan va o’qituvchilarning ingliz tili va kasbiy ko’nikmalari bo’yicha malakalarini oshirishga qaratilgan faol va onlayn trening materiallari ustida ishlash bo’yicha loyiha guruhi treningi;
  • 15 mayda NamDU kasbiy rivojlanish markazida (xabda) chet tili o’qituvchilari bilan seminar-trening;
  • 16 may RIAIM huzurida tashkil etilgan til bo’yicha ta’lim standartlarini tahlil etish ishchi guruhi bilan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda.

Angliyalik mutaxassis Jefri Stenford treninglari:

  • 14-18 may kunlari nofilologik yo’nalishidagi INSPIRE-U loyihasi ishtirokchilari uchun navbatdagi trening tashkil qilinmoqda;
  • 20-24 may kunlari masofaviy ta’limni tashkillashtirishga ixtisoslashgan trenerlarni tayyorlash treningi o’tishi kutilmoqda.

Angliyalik mutaxassis Jefri Stenfordning 14-18 may kunlari nofilologik yo’nalishidagi INSPIRE-U loyihasi ishtirokchilari uchun navbatdagi trening tashkil qilayotgan treningidan fotolavhalar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − seven =