O‘ZDJTUDA O‘ZBEKISTON RUS MADANIYAT MARKAZINING 25 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

17.04.2019

Shu kunlarda O’zbekiston rus madaniyat markazining 25 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 17-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O’zbekistonda millatlararo totuvlikni asrash, rus tili va madaniyatini rivojlantirish va vatandoshlar haqidagi tarixiy xotirani asrashda O’zbekiston rus madaniy markazining roli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi, Respublika rus madaniyat markazi hamda O’zDJTU hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, unda tarixchi olimlar, tadqiqotchilar, Rossiya Federatsiyasi va qo’shni mamlakatlardan kelgan mehmonlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Rustam Qosimov tadbir qatnashchilarini qutlab, O’zbekistonning rus millatiga mansub fuqarolari mamlakatimizning barcha soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga katta hissa qo’shib kelayotganlarni ta’kidlab, mustaqillik yillarida milliy rus madaniy markazlarning bir nechta faollari davlat mukofotlariga sazovor bo’lganlarni qayd etib o’tdi.

Konferensiyada Rus madaniy markazining faoliyati, mamlakatimizning turli davrlarida rus olimlarining mamlakat ilm-fani, madaniyatini rivojlantirish, “xalq diplomatiyasi” asosida Rossiya Federatsiyasi bilan muntazam va o’zaro foydali munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o’z faoliyati mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, bu tadbir doirasida o’zbek tiliga tarjima qilingan “Rus adabiyotining marvaridi” nomli 100 tomdan iborat kitobning taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + 9 =