O‘ZDJTUGA KAVKAZ UNIVERSITETLARI BIRLASHMASI RAHBARI TASHRIF BUYURDI

15.01.2019

Bugun, 15-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Kavkaz universitetlaribirlashmasi rahbari Ramazan Korkmaz tashrif buyurdi.

O‘zDJTU rektori Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich rahbarligidagi universitet vakillari mazkurbirlashma rahbari Ramazan Korkmaz, shuningdek, O‘zbekistondagi ishbilarmonlar bilan hamkorlikishlari yurituvchi vakil Metin Bey hamda Turkiya Respublikasi elchixonasi ta’lim ishlari bo‘yichamaslahatchisi Ali Yeyubkojalar bilan quyidagi masalalarni muhokama qildilar:

• O‘zDJTU bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash;

• Til bo‘yicha kurslar tashkil qilish;

• Hamkorlikda yangi zamon adabiyotlarini yaratish va chop etish;

• Qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, jumladan, Turkiyaning eng nufuzli turizmga yo‘naltirilgan oliyta’lim muassasalari bilan hamkorlikda O‘zDJTUda yangi turizm fakultetini tashkil qilish.

Ma’lumot o‘rnida, Ramazan Korkmas 14ta davlatda 160ta universitet bilan ta’lim yo‘nalishibo‘yicha ikki taraflama hamkorlik ishlari o‘rnatgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − eighteen =