O’zDJTU VA ISPANIYA OTMLARI O’RTASIDA NAVBATDAGI HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

08.05.2019

Bugun, 8-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga xorijlik mehmonlar tashrif buyurdi. Mehmonlar Ispaniyaning Kastilya La Mancha universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Fatima Guadanilla, mazkur universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Jordi Ximeno hamda Aleks-Yasin Ekoloji kompaniyasi asoschisi Alexandro Pastrana O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Tashrif chog’ida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:

  • O‘zDJTUda Ispan tili markazini ochish masalasi;
  • Kastilya la Mancha universiteti bilan o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim yoki qo‘shma diplom dasturlarini joriy etish masalasi;
  • Aleks-Yasin Ekoloji kompaniyasi bilan turli loyihalarni amalga oshirish.

Muhokama yakunlariga ko’ra, O’zDJTUda ispan tili markazini ochish bo’yicha shartnoma imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 − 7 =