OLAMNI TURK TILI ORQALI QAYTA KASHF ETAMIZ

17.02.2023

Dunyoda o’zbek tiliga tarjima qilinishga ulgurmagan mashhur kitoblar, qo’l yozmalar, ma’lumotlar ko’p. 21-asr bo’lishiga qaramasdan bir qancha insonlar chet tillaringi bilmasliklari oqibatida jahonning mashur klassik asarlarini o’qiy olmaslik muammosiga duch kelishmoqda. Xo’sh nima qilish kerak? O’qish istagidan voz kechish kerakmi?  

Aslo! Bu muammoning eng oson yechimi bor. Turk tilini o’rganish. To’g’ri, ingliz, nemis, fransuz, ispan, rus kabi tillarini o’rganish bugungi kunda muhim albatta, ammo, hammada ham bunga imkoniyat yo’q. Turkchani esa, to’g’ri manba topish orqali  3-4 oyda mustaqil ravishda o’rganish mumkin. 

Turk tili dunyoda ingliz va rus tilllaridan keyin eng boy tarjima arxiviga ega uchinchi til hisoblanadi. Siz bu tilda istalgan kitobni elektron shaklda topib o’qishingiz mumkin. Buning uchun yuzlab saytlar bor. Sizdan talab qilinadigani faqat shu, o’zbekchadan birozgina farq qiladigan tilni bir amallab bo’sh vaqtingizda o’rganish. Tarjimon yo Turklar bilan bemalol gaplashadigan bo’lishingiz shartmas. Matnni tushuning va istagan kitobingizni topib o’qishni boshlang. Shuni unutmangki, biror tilni yaxshi o’zlashtirganingizning ilk belgisi – bu o’sha tilda aytilgan yoki yozilgan xazilni tushunib, unga kulishingizdir.  

Quyida sizga buning uchun bir qancha manbalarni, o’zim foydalangan usullarni keltirib o’taman.

  • Eng avvallo tilga juda katta manbalar dunyosini oldingizda ochuvchi vosita sifatida qarang;
  • Qanday xohlasangiz shunday o’rganing. Miyamiz xohlagan narsasini eslab qolishi, xohlamaganga nisbatan 50 barobar yuqori. Miyaning bu vazifasidan foydalansangiz, sizga katta yordam beradi. Masalan, men turk tilida seriallar, kinolar ko’rishdan boshlaganman. Filmda kelayotgan so’zlarni o’rnida lug’at orqali tarjimasini ham ko’rib borardim, bu holda eslab qolish darajasi ancha ortadi. Keyin, qahramonlar ortidan xuddi ulardek takrorlashga harakat qilardim;
  • Kichik dialoglar tuzing. Hayotimiz dialoglardan iborat. O’zingizga o’zingiz oynaga qarab, tasavvur qilib, dialog tuzing. Misol uchun, do’konda narsa xarid qilayotganingizni yoki yo’lni so’rayotganingizni. Shular haqida kichik dialoglar tuzing. Kichik dialoglarni miyamiz  eslab qoladi va qachon do’konga borsak, o’ylamasdan gapira olamiz. Ko’proq har xil holatlarda dialog tuzsangiz, tezroq o’rganasiz;
  • Audio kitoblar eshiting. Til o’rganayotganda eshitish muhim sanaladi. Audio kitoblarni faqatgina uyda emas, yurgan yo’lingizda ham eshiting;
  •  Xato gapirishdan uyalmang;
  • Sabrli bo’ling! Til o’rganishda hamma uchun bir xil formula mavjud emas. Sabr va ko’p mehnat bilan natijaga erishish mumkin. Busiz iloji yo’q. Har kuni kamida 2 soatdan o’rganish uchun vaqt ajrating;
  • O’zingizning usullaringizni toping. Har bir insonning miyasi har xil. Shuningdek, qobiliyatlari ham bir-biriga o’xshamaydi. Kimdir kitob o’qib, film ko’rib yoki ko’proq muloqot qilib o’rganadi. Siz ham o’z usulingizni yarating.
Keling endi sizga foydali bo’lgan bir nechta manbalarni keltirib o’tsam.
  1. YouTube til o’rganishni niyat qilganlar uchun eng katta manbalar to’plami. Turlk tilini o’rganishga ahd qilgan kunim ushbu platformada qidiruv ishlarini boshlab yuborganman. Eng avvalo, Reşat Örennıg “Turkish for beginners”darlarini tavsiya qilaman. Turk tilini ingliz tilida o’rgatadigan turk inson. O’zbek tilida o’rgangan ma’lumotlaringizni aynan shu kanal bilan solishtirib ko’rishingiz va mustahkamlashingiz mumkin. Biror bir tilni o’sha tilda “native” bo’lgan insondan o’rganish ko’proq effekt beradi. Umuman bu YouTube kanalidan juda ko’p foydali videolar olganman. https://youtu.be/BVusB89tTj4 
    https://youtu.be/3NOQ_QUT-tE
     https://youtu.be/FmEe_KVTq6Y
  2. “Yoshlar ishlari” agentligi tomonidan tashkillashtrilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida turk tili o’qituvchisi G’ulomjon Sobirovning darslari ham yangi o’rganuvchilar ayni muddao.
  3. Kitoblaardan o’rganishni yoqtiruvchi insonlar uchun, Muslum Vosidiyning “Turk tilini mustaqil o’rganamiz” kitobi foydali bo’ladi. Kitobda harflardan boshlab eng asosiy grammatik qoidalar, kundalik kerak bo’ladigan lug’atlar jamlanmasi mavzularga bo’lingan holda, ketma-ketlikda yozib chiqilgan;
  4. Duolingo. Ko’plab tillarni o’rganish uchun ajoyib platforma hisoblangan Duolingo turk tilini o’rganuvchilar  uchun ham juda qulay hisoblanadi. Eshitish, testlar va yozish yordamida juda ko’p narsani o’rganishingiz mumkin;
  5. Italki. Italki sizga ayni o’rganayotgan tilingizdagi insonlar bilan yuzma-yuz gaplashish va o’zingizga platforma orqali ustozlar topish imkonini beradi. Bu nafaqat turk tili balki boshqa tillar uchun ham qulay programma.

Turk tilida kitoblar o’qish va o’rganish uchun berilganlardan tashqari ham bepul online darslar, saytlar juda ko’p. Eng asosiysi siz o’zingiz uchun qulay bo’lgan yo’lni topa olishingiz. Bunda sizga balki yuqorida ta’kidlanganidek videolar, kino va seriallar yordam berar. Aslida til o’rganish sizga nega kerakligini aniqlashtirib oling. Shunda sal yengilroq va manfaatliroq bo’ladi. O’rganayotgan tillaringiz bu qo’lingizdagi xaritangiz. U boshlagan tomonga borar ekansiz juda ko’p sarguzashtlarga duch kelasiz.

Jalilova Nilufar Olim qizi,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Media va kommunikatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + nineteen =