OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY AKTDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

10.04.2019

Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan tizimga zamonaviy AKTni joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik mas’ul rahbar-xodimlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi hamda kelgusidagi vazifalar haqida OAV vakillariga ma’lumot berildi.
Joriy yilning 27 fevralda «Ilm-fan–2020» milliy rivojlanish dasturi doirasida vazirlik Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier kompaniyasi bilan uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, Elsevier kompaniyasining SciVal axborot-tahliliy portali ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

2019 yil 23 mart kuni vazirlik hamda Quacquarelli Symonds (QS) va “Elsevier” kompaniyasi o‘rtasida mahalliy universitetlarning WUR (World University Rankings – jahonning eng yaxshi universitetlari reytingi)ga kirishiga oid strategik kelishuv imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, “Elsevier” kompaniyasi tomonidan OTMlarning 41 ta ilmiy jurnallarini o‘zida birlashtirgan, mualliflar hamda taqrizchilar uchun qulay platforma (double-blind peer review) yaratiladi.
Matbuot anjumanida vazirlikning o‘quv jarayoniga AKTni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Abdullayev OTMlari veb-saytlari inventarizatsiya qilinib, tanqidiy baho berilgani haqida aytib o‘tdi.
«Vazirlik tomonidan OTMlari jozibadorligini oshirish va imijini shaklantirish uchun avvalo ularning veb-saytlari tahlil etildi. O‘rganish natijalari OTMlari veb-saytlari mazmunini takomillashtirish, foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlab borish, xususan, xorijiy tillarda ham kontentni boyitish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Shu bois hozirda OTMlar xalqaro universitetlar veb-sayti reytingida o‘z o‘rnini yaxshilash maqsadida OTMlar veb-sayti «Webometrics» reytingi talablari asosida qayta ishlab chiqilib, zarur ma’lumotlar bilan boyitilmoqda», – dedi Alisher Abdullayev.

Manba: edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − 9 =