OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI QORAQALPOG‘ISTONDAGI OLIYGOHLAR RAHBARLARI BILAN UCHRASHDI

20.08.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda hududdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Dastlab vazir Q.Sharipov so‘zga chiqib, yurtimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor natijasida sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, shuningdek, o‘qituvchilar va ustozlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Vazir yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda, ta’lim sifatini taʼminlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga ham to‘xtalib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar bo‘yicha qator topshiriqlar berdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + 8 =