OLIY TA’LIM MUASSASALARINING O‘ZINI O‘ZI MOLIYALASHTIRISHGA O‘TISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

17.01.2020

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oliy ta’lim muassasalarining bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tish istiqbollari” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, boshqarma boshlig‘i Maqsudjon Hamrayev, axborot xizmati rahbari Farxad Babashev hamda yangi tizimga o‘tayotgan OTM rektorlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 967-sonli qarori asosida 2020 yil 1 yanvardan boshlab yurtimizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy boshqaruv tizimini liberallashtirish, ularga byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishda ko‘proq imkoniyatlar yaratish, professor-o‘qituvchilar va talabalarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish orqali oliy ta’limdagi islohotlar samaradorligi va ta’lim sifatini oshirishdir.

Tadbir davomida OTMlarning o‘zini o‘zi moliyalashtirishi bilan bog‘liq jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 + 7 =