OLIY TA’LIM TIZIMIDA UNICA TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA

17.09.2019

Joriy yil 16 sentyabr kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida UNICA tashkiloti Bosh direktori Kris Deyonskire – (Kris Dejonckheere) rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“UZDOC 2.0: O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’lim sifatini yaxshilash” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni rivojlantirish istiqbollari, UNICA tashkilotining xorijiy ekspertlari ishtirokida OTM va ITIlari professor-o‘qituvchilari, doktorant va ilmiy rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

UNICA tashkilotining vazirlik va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida qo‘lga kiritgan natijalari quyidagilardan iborat:

  • vazirlik va boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan muntazam aloqaning o‘rnatilgani;
  • O‘zbekiston OTMlari professor-o‘qituvchilari, akademik va ma’muriy tarkibi uchun yangi tajribalarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etilgan akademik tashriflar (Granada, Zagreb, Turin, Bryussel, Budapesht universitetlari);
  • O‘zbekistonda doktoranturani rivojlantirish va uning sifatini ta’minlash, tadqiqotlar internatsionalligiga erishish maqsadida oliy ta’lim tizimining bugungi kundagi taraqqiyoti holati tahlili asosida “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma”ni tayyorlash;
  • O‘zbekistonlik rahbarlar, ma’muriy tarkib va doktorantlar uchun treninglar majmui;- doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash virtual markazining ochilishi;
  • yo‘lkira haqi va yashash xarajatlari;
  • ekspertlar ishining narxi (tayyorgarlik va ish kunlari);
  • ma’muriy xarajatlar.

UNICA tashkiloti doktoranturada tahsil oluvchilarning xalqaro jurnallarda maqolalarni chop etish, akademik ingliz tilini egallash ko‘nikmalarini mustahkamlash; doktorantura va Cotutelle qo‘shma dasturlarini rivojlantirish; kommunikativ ko‘nikmalarni takomillashtirish va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish tajribasini boyitishga xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × one =