OLIY TA’LIM VAZIRLIGIDA JICA DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

05.09.2019

O‘zbekistonning Yaponiya bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorligi qamrovi ancha keng. Bunga O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ko‘p qirrali munosabatlari yaqqol misol bo‘la oladi.

Joriy yil 4 sentyabr kuni vazirlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent davlat o‘zbek-yapon yoshlar innovatsiya Markazini hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash, uning faoliyatini yana-da kengaytirish, uni yuqori texnologiyalarga asoslangan laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Markaz ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida har yili magistraturada tahsil olish uchun Yaponiyaga yuborilayotgan texnik oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonini oshirish, yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda markazda o‘tkaziladigan qisqa muddatlik seminarlar, treninglarni ko‘paytirish yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yaponiyalik volonterlar va ayniqsa, texnika, muhandislik sohalari o‘qituvchilari sonining kamligi, respublikamizda Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasining filialini ochish yoki qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlash masalalari ham uchrashuv mavzusini tashkil qildi.

Muhokama qilingan masalalar ustida ishlash hamda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − four =