OLIY TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISH ASOSLARIGA BAG’ISHLANGAN MASOFAVIY KURS YO‘LGA QO‘YILDI

05.01.2025

“Oliy ta’limda inklyuziv ta’limni tashkil etish asoslari” nomli qisqa muddatli masofaviy kurs yo‘lga qo‘yildi. Mazkur kurs Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

36 soatga mo‘ljallangan kurs orqali oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha salohiyatini rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, inklyuziv ta’limda o‘qitish, ta’lim jarayonida turfalikni rejalashtirish, o‘quv jarayonida qo‘llanuvchi metodlardan unumli foydalanish kabi maqsadlar ko‘zlangan.

Mazkur masofaviy kurs aralash ta’lim usullarida – onlayn hamda oflayn shakllarda olib boriladi. Bunda kursning onlayn mashgʻulotlari Zoom ilovasi hamda Youtube videoxostingi orqali, oflayn mashgʻulotlar esa: mk.bimm.uz platformalari orqali tashkil etilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − thirteen =