OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIDAN YANGI TASHABBUS: “O‘ZBEKISTON – SEHRLI DIYOR!”

06.04.2019

Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalaridan saralab olingan 57 nafar iqtidorli talabalar uchun ilk marotaba joriy yilning 1 aprelidan boshlab “O‘zbekiston – sehrli diyor!” ichki turizm loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida talabalarga xorijiy tillar, nutq madaniyati, vokal va xoreografiya yo‘nalishlarida mahalliy va xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda. 
Talabalar dunyoqarashini yanada kengaytirish va yurtimiz tarixiga oid bilimlarini oshirish maqsadida “O‘zbekiston – sehrli diyor!” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Faol va tashabbuskor talabalar guruh murabbiylari bilan birgalikda joriy yilning 4 aprelidan boshlab Samarqand (4-6 aprel), Buxoro (7-9 aprel), Xorazm (10-12 aprel) va Farg‘ona (15-16 aprel) viloyatlari bo‘ylab sayohat qiladilar.

Sayohat yakunida har bir talaba qadimiy obida yoki tarixiy yodgorlik majmuasi haqida taqdimot tayyorlab, hakamlar hay’atiga taqdim etadi. Loyihada faol ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + eleven =