OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING BIRINCHI O‘RINBOSARI TAYINLANDI

30.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PQ-4339-sonli qarori bilan Kongratboy Avezimbetovich Sharipov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi jamoasiga vazirning yangi birinchi o‘rinbosari – Kongratboy Sharipov tanishtirildi. Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov, Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov hamda Toshkent shahrida joylashgan OTMlari rektorlari ishtirok etishdi.

Abdujabbor  Abduvohidov vazirlik jamoasi bilan suhbatda K.Sharipov tizim uchun yangi kadr emasligi, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan asosiy vazifalar – ta’lim-fan-ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash maqsadida soha vakillari orasidan tajribali rahbar sifatida tanlaganini ta’kidladi. Ayniqsa, Prezident tomonidan oliy ta’lim oldiga katta vazifalar qo‘yilayotgan hozirgi paytda, hamjihatlikda samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish har qachongidanda muhim ekanligini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Kongratboy Sharipov 1963 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi muhandis – mexanik, texnika fanlari doktori, professor.

1987-1991 yy. – Goryachkin nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish injenerlari instituti stajer-o‘qituvchisi, aspiranti. 1992-2001 yy. – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti traktor va avtomobillar kafedrasi ishlab chiqarish ustasi, assistenti, doktoranti va dotsenti. 2001-2003 yy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fakulteti dekan muovini, traktor va avtomobillar kafedrasi dotsenti, resurs tejamkor texnika va texnologiyalar muammoli ilmiy tadqiqot laboratoriya mudiri bo‘lgan.

2003-2007 yy. «ToshkentDEU» mas’uliyati cheklangan jamiyat bosh direktori, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti avtomobilsozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti, avtomobillar kafedrasida soatbay o‘qituvchi, 2007-2009 yy. O‘zbekiston – Koreya «TOShAFUS» qo‘shma korxonasi bosh direktori, (o‘rindoshlik asosida) Toshkent avtomobil yo‘llari instituti avtomobilsozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti, avtomobillar kafedrasida soatbay o‘qituvchi, 2009- 2009 yy. «Jeneral Motors O‘zbekiston» yopiq aksiyadorlik jamiyati yangi loyihalarni boshqarish bo‘limi bosh menejeri, 2009 – 2010 yy. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, 2010- 2017 yy. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, 2017 yildan shu kunga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × five =