OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BRITANIYA KENGASHI BILAN HAMKORLIKDA TANLOV E’LON QILDI

05.11.2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida shu yilning may oyidan boshlangan “Higher Education for employability” (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tanlov e’lon qildi.

Tanlov dasturning quyidagi asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi:

  • oliy ta’lim sifatini ta’minlash;
  • bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mosligini ta’minlash;
  • o‘quv dastur va fanlarni ingliz tilida o‘qitish.

Loyihaning 2019/2020 o‘quv yili uchun byudjeti – 200 000 funt sterling.
Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasalari o‘z loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.

Arizalar shu yilning 16-noyabr kunigacha qabul qilinadi.

Ariza shaklini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: ariza shakli.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + seven =