OLIY VА O’RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRI INOMJON MАJIDOVNING TАLАBА-YOSHLАRGА BАYRАM TАBRIGI
30.06.2020Inomjon MАJIDOV, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri:
–Oʼzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida mamlakatimiz yoshlari yetakchi kuch sifatida maydonga chiqmoqda. Bugun yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotning barcha sohalarida va ijtimoiy hayotda faolliklari yaqqol koʼzga tashlanmoqda.
Yoshlar senator, deputat, hokim, davlat tashkiloti rahbari yoki oʼrinbosarlari, oliy taʼlim muassasasi rektori, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat olib borayotgan yirik korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlardir.
Аlbatta, bunday natijaga oʼz oʼzidan erishib boʼlmaydi. Buning zamirida Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch, keng imkoniyatlar yotibdi.
Bugun yoshlar uchun barcha eshiklar ochiq. Bildirilgan yuksak ishonchga munosib boʼlish, Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish ularning oliy maqsadiga aylangan.
Oʼsib kelayotgan yosh avlod esa ulardan oʼrnak olib, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, kelajakda oʼzlari tanlagan sohaning malakali mutaxassisi boʼlish uchun bugun taʼlim muassasalarida chuqur va puxta bilim olishga intilmoqdalar.
Taʼkidlash joizki, oliy, professional, kasb-hunar va oʼrta maxsus taʼlim muassasalarida 674 527 nafar yoshlar tahsil olib, ularning 32 586 nafari akademik litsey oʼquvchilari, 173 480 nafari kasb-hunar kollejlari va 468 461 nafari oliy taʼlim muassasalari talabalaridir. Shu bilan birga, tizimda 14 319 nafar yosh mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Ular mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda taraqqiy etishi yoʼlida munosib hissa qoʼshib kelmoqdalar.
Inomjon Majidovning O’zbekiston yoshlariga bayram tabrigi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.