UMMON SULTONLIGINING O’ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

10.01.2024

Joriy yil 9-yanvar kuni Ummon Sultonligining O’zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlari vakili Nasr Al-Mavaliy janoblari bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.Nasirov O’zDJTU haqida ma’lumot berib, ikki mamlakat OTMlari o’rtasida aloqalarni rivojlantirish, universitetning arab tili professor-o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va talabalari uchun imkoniyatlar yaratish hamda boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha takliflarni ilgari surdi.

Nasr Al-Mavaliy Unmon oliygohlari, xususan Sulton Qobus universiteti va Nizva universiteti ikki mamlakat universitetlari tomonidan beriladigan diplomlar va ilmiy darajalarni tan olishga oid idoralararo yoki hukumatlararo bitim imzolash Ummon Sultonligidan ko’plab talaba va tadqiqotchilarni O’zbekistonga jalb qilish uchun asos bo’lishini e’tirof etdi.