ONLAYN ILMIY-NAZARIY ANJUMAN: “MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI”

22.04.2020

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti buyuk shoir va tarjimon, muarrix va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 210 yilligi munosabati bilan 2020-yil 20-may kuni soat 11-00 da “Muhammad Rizo Ogahiyning o‘zbek mumtoz adabiyoti rivojida tutgan o‘rni” mavzuida respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Ilmiy-nazariy anjumanga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:

  • Muhammad Rizo Ogahiy tarjimai holi bilan bog’liq masalalar.
  • Ogahiy she’riyatini o‘rganish muammolari.
  • Ogahiy nasri: janr, uslub va obraz.
  • Ogahiyning tarixiy asarlari.
  • Ogahiy adabiy merosi matnshunoslik nigohida.
  • Ogahiy va tarjimashunoslik masalalari.
  • Ta’lim tizimida Ogahiy asarlarini o‘qitish muammolari.
  • Ogahiy ijodining tilshunoslikdagi ilmiy talqinlari

Maqolalar 2020 yilning 10-mayiga qadar tashkiliy qo‘mitaning elektron manziliga (ogahiy1809@mail.ru) yuborilishi lozim.

Batafsil ma’lumot:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 1 =