ONLAYN KONFERENSIYA: «ZAMONAVIY FILOLOGIK PARADIGMALAR: AN’ANALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLARNING O‘ZARO TA’SIRI»

09.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi hamda Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab quvvatlash markazi (Research Support Center) hamkorligida «Zamonaviy filologik paradigmalar: an’analar va innovatsion yondashuvlarning o‘zaro ta’siri» mavzusida 2021-yil 30-mart kuni xalqaro miqyosida ilmiy retsenziyalangan onlayn-konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 2021-yilning 26-martigacha bo‘lgan muddatda ma’ruzalar tezislarini o‘zbek, rus, fransuz yoki ingliz tillarida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi rasmiy veb-sahifasi http://research-support-center.com/uzmu_uz konferensiyaning rasmiy veb-sayti orqali yuborishingizni so‘raymiz.

Anjumanning maqsadi: Xalqaro konferensiyani o‘tkazish va yetakchi ilmiy markazlarimiz, mutaxassislarimizning ilmiy natijalarini muhokama qilish, ilm-fan sohasida, ayniqsa, qiyosiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlarida axborotlarni himoyalash sohalaridagi ilmiy izlanishlarni yangi yuqori pog‘onaga olib chiqish imkonini beradi.

Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tezislar qabul qilinadi:

I sho‘ba. Jahon andozalari talabiga javob bera oladigan zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etgan holda no’ananaviy va samarali o‘qitish usullarini joriy etish masalasi.

II sho‘ba. Zamonaviy axborot va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda oliy ta’lim chet tillari o‘qituvchilarining faoliyati, tajriba almashinuvi, kasbiy mahoratini oshirishni muvofiqlashtirish.

III sho‘ba Adabiyotshunoslik masalalari, adabiy aloqalar va madaniyatlararo munosabatlar.

Mazkur onlayn konferensiyada ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar tilshunoslik, adabiyotshunoslik fanlari yo‘nalishida o‘z ilmiy izlanishlari natijasida tayyorlangan ma’ruzalar tezislarini taqdim etishlari mumkin.

Eng yaxshi deb topilgan ma’ruzalar tezislari to‘plam shaklida nashr qilinadi.

Barcha ma’ruzalar tezislari tahririyat tomonidan anonimlashtirilgan holatda tekshiriladi va tekshiruvdan ijobiy o‘tgan ma’ruzalar tezislari uchun minimal 175.000 so‘m to‘lov qilganingizdan so‘ng nashr etiladi. hamda har bir muallifga elektron SERTIFIKAT beriladi. Maqolalar kamida 5 varoqni tashkil etishi lozim, keyingi oltinchi varoq uchun 25.000 so‘m qo‘shimcha to‘lov olinadi.

Onlayn-konferensiya 2021-yil 30-mart kuni soat 14:00 da «Zoom» platformasida https://us02web.zoom.us/j/88427616609 havolasi orqali o‘tkaziladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seven − 5 =