OTMGA KIRISH UCHUN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR RO`YXATI

20.06.2019

Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15 iyundan 10 iyulgacha qabul qilinadi.
Abituriyent oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oliy taʼlim muassasasini tugatganligi yoki oliy maʼlumoti yoʻqligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishini koʻrsatishlari hamda test sinovlarini oʻtkazish qoidalari va javoblar varaqalarini toʻgʻri toʻldirish bilan tanishganligi koʻrsatiladi);
  • umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma)ning nusxasi.

Manba: edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + 18 =