Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Turkiyaning Chankiri Karatekin universiteti, Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi hamkorligida shu yilning 2-4-dekabr kunlari Boku shahrida III Xalqaro Turkologiya Kongressi boʻlib oʻtdi.
Kongressda Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov, Turkiyaning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Jahit Bagʻchi, Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistonning oliy taʼlim muassasalari rektorlari va vakillari, shuningdek, ilmiy muassasa va tashkilotlarning xodimlari ishtirok etdi.
Kongress doirasida til, adabiyot, folklor, madaniyat, tarix, sanʼat, siyosatshunoslik, ijtimoiy siyosat va migratsiya tadqiqotlari, sotsiologiya, ekologiya, xalqaro munosabatlar kabi turli mavzular muhokama qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.