O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI BO‘YICHA ILK MAROTABA XALQARO FAN OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

18.10.2022

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijiy va mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan bakalavr bosqichi talabalari o‘rtasida ilk marotaba Xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Bu yilgi Xalqaro olimpiadaga 10 ga yaqin davlatdan 45 nafar chet ellik talabgordan arizalar kelib tushganligi quvonarli, albatta. Jumladan, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Yaponiyadagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar ishtirok etmoqda.

Ularning bilim, ko‘nikma va malakalari hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. 

Hakamlar hay’atiga o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha chet ellik tajribali mutaxassislar jalb qilingan. Xususan, Azizulloh Arrol (AQSh), Shafiqa Yorqin (Shvesiya), Husayn Kaba (Turkiya), Almaz Ulvi Binnatova (Ozarbayjon), To‘rali Qidir (Qozog‘iston), Darya Jigulskaya (Rossiya). Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha o‘zbekistonlik yetakchi olimlar ham hay’at tarkibidan joy olgan.

Uning g‘oliblari 2 tur natijalari bo‘yicha aniqlanadi:

1-tur – yozma ijodiy ish tayyorlash (eng yuqori ball – 50 ball. Topshiriqni bajarish uchun 1 soat vaqt ajratiladi).

2-tur – og‘zaki suhbat (tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan mavzular bo‘yicha savol-javob tarzda og‘zaki o‘tkaziladi. Topshiriqqa tayyorlanish uchun har bir talabgorga 20 daqiqa ajratiladi. Eng yuqori ball – 50 ball).

Mazkur olimpiada nafaqat tilimiz, balki madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimizning ham xorijiy davlatlarda keng yoyilishiga xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 1 =