O‘ZBEK TILINING CHET ELLIK MUHIBLARIGA AJOYIB SOVG‘A

19.10.2020

Mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy salohiyatining o‘sishi ona tilimizga bo‘lgan qiziqishning ham oshishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda dunyoning 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘qitilmoqda. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida G.Rixsiyeva rahbarligida xorijliklarga o‘zbek tilini intensiv o‘rgatish bo‘yicha loyiha natijalari ko‘p yillar mobaynida sinovdan o‘tib kelmoqda.

Shu kunlarda ona tilimizning chet ellik muhiblari ajoyib sovg‘aga ega bo‘lishdi. Kuni kecha uzoq yillar chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish tajribasining samarasi o‘laroq G.Rixsiyeva va M.Abdurahmonovaning «O‘zbek tili. Xorijliklar uchun” intensiv kurs o‘quv qo‘llanmasi “Akademnashr” tomonida chop etildi.

Mavzulashtirilgan yigirma darsni o‘zida qamrab olgan ushbu kitob yolg‘iz chet elliklarga emas, balki o‘zbek tilida erkin so‘zlasha olmaydigan hamyurtlarmizga ham yordam beradi. Mazkur qo‘llanmada izohlar ingliz tilida berilgan.

Ayni kunlarda ushbu kitobning elektron qo‘llanma shaklini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, intensiv kurs o‘quv qo‘llanmasini Koreyada nashr etish uchun Xankuk chet tillar universiteti professori Li Ji In bilan hamkorlikda koreys tilidagi izohlar bilan koreyalik talabalar uchun moslashtirilgan holda nashr etish ustida ham ishlar ketmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 3 =