“O‘ZBEKISTON-BUYUK BRITANIYA TAʼLIM FORUMI” | HAMKORLIK. KELISHUVLAR. NATIJALAR

05.03.2024

Ayni kunlarda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida Ikkinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari mas’ullari va Britaniyaning 8 ta TOP universitetlari delegatlari, shuningdek ikki tomonning tegishli vazirlik hamda idoralari mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Oliy ta’limda sifat va boshqaruv, mahalliy hamda global miqyosdagi talablar va islohotlarga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda transmilliy ta’lim orqali erishish kerak bo‘lgan masalalar muhokama qilinmoqda.

Tadbirning ilk kunidagi muzokaralarda oliy ta’lim strategiyasi, eng ilg‘or amaliyotlar va hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Yakunda esa O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlashga oid tashkilotlari o‘rtasida Anglashiluv memorandumi imzolandi.

edu.uz