O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI REKTORI U.AZIZOV ‘WEBSTER’ UNIVERSITETI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHDI

18.11.2022

U.Azizovning AQShga tashrifi davomida Vebster universiteti prezidenti Djulian Shuster, Akademik masalalar bo‘yicha vise-prezidenti Nensi Xellerud, Moliya masalalari bo‘yicha vise-prezident Richard Meyer, Kommunikasiya fakulteti (School of Communications) dekani Erik Rozenbuxler va Ijtimoiy fanlar fakulteti (College of Humanities and Social Sciences) dekani Danielle MakKartni hamda boshqa universitet mutasaddilari bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama bo’lgan uchrashuvlarda tomonlar kelgusida o‘zaro akademik hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olishdi.

Ta’kidlash kerakki, Vebster universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida Xalqaro jurnalistika va kreativ ijod qilish jarayoniga urg‘u beruvchi Ingliz filologiyasi (Bachelor of Arts in Creative Writing) bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarni kelajakda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Bachelor of Arts in Creative Writing yo‘nalishi O‘zbekiston ta’lim tizimiga yangi yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u ingliz tili filologlari uchun xorijiy til va adabiyotini tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yil 25 iyulda AQShning Sent Luis shahrida Vebster universiteti va O‘zDJTU o‘rtasidagi imzolangan shartnoma asosida Magistratura yo‘nalishida “MA in TESOL” (Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish) dasturi amalga oshirilmoqda. 2018 yilning o‘zida ushbu dasturga 118 nafar talaba qabul qilindi va bugungi kunga qadar bitiruvchilar soni qariyb 300 kishini tashkil qildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 − 6 =