“JAHONNING BUYUK ADIBLARI” YODGA OLINDI

11.12.2023

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jahonning buyuk adiblari” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

“Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda O’zDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Bahodir Eshbekov, Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Xalliyeva ishtirok etdi. 

Dastur davomida iste’dodli talabalar tomonidan ingliz, rus, fors, italyan, fransuz, o’zbek va boshqa millatlarning buyuk adiblari asarlaridan monologlar, taniqli shoirlar she’rlari, mashhur dramalardan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Jumladan,ingliz tili uchinchi  fakulteti 4-bosqich talabalari tomonidan  Shekspirning » Qirol Lir» asari sahnalashtirildi.  Tadbir so’ngida fakultetimiz talabalari tashakkurnoma hamda maxsus sovg’alar bilan taqdirlandilar.