O’ZBEKISTON DELEGATSIYASI BUTUNJAHON TAʼLIM FORUMIDA ISHTIROK ETMOQDA

21.05.2024

Londonda boʻlib oʻtayotgan Butunjahon taʼlim forumida O’zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod taʼlim vazirlari qatnashmoqda.

Anjuman Buyuk Britaniya taʼlim davlat kotibi va vaziri Jillian Kigan tomonidan ochib berildi, soʻng nufuzli taʼlim tashkilotlari ekspertlarining taʼlimdagi integratsiya va taʼlim sifatini oshirish borasidagi maʼruzalari tinglandi.

Forumning birinchi kunida boʻlib oʻtgan yalpi majlisda taʼlimga yangi metodikalarni joriy etish, sunʼiy intellektdan foydalanish, taʼlim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + five =