O‘ZBEKISTON-GERMANIYA: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA

21.11.2019

Joriy yilning 19-noyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Germaniyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida nemis tilini o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘lidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralarda Toshkent shahrida mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida Germaniyaning nufuzli oliygohlari filiali (ta’lim markazi)ni tashkil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

– Malakali kadrlar tayyorlash borasida Germaniya tajribasi butun dunyo miqyosida e’tirof etiladi, – dedi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov uchrashuvda. – Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda aviatsiya va kosmik texnologiyalar bo‘yicha, xususan, havo kemalaridan texnik foydalanish, amaliy kosmik texnologiyalar, radioelektron qurilmalar va tizimlar (sanoat/aviatsiya), havodagi harakatni boshqarish va uchuvchisiz aviatsiya majmualaridan texnik va texnologik foydalanish kabi tor doiradagi mutaxassisliklarni tayyorlashni to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bundan tashqari, joriy o‘quv yilidan boshlab yurtimizdagi OTMlarda kredit-modul tizimiga o‘tila boshlanishi munosabati bilan o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirishda Germaniya tajribasidan foydalanish, hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini, jumladan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, sohaviy atamalar lug‘atlari hamda multimedia ilovalar (audio-video materiallar)ni yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar oliy ta’lim sohasida o‘zaro strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − two =