O‘ZBEKISTON – HINDISTON: OLIY TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

03.03.2021

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov Hindistonning madaniy aloqalar bo‘yicha Kengashi Prezidenti Vinay Saxasrabuddxe bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vazir o‘rinbosari Hindistonning Jamiya Milliya universitetidagi O‘zbek tili va madaniyati markazining muvaffaqiyatli faoliyatini e’tirof etish barobarida bu kabi markazlarni Hindistonning boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlarida, jumladan, Javaharlal Neru universitetida ham yo‘lga qo‘yishni taklif qilib Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mazkur markazni tashkil etishda yaqindan yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Janob Vinay Saxasrabuddxe Hindiston O‘zbekiston bilan malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini ta’kidlar ekan, ikki davlat OTMlari o‘rtasida ilmiy va pedagogik aloqalarni kuchaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat OTMlari o‘rtasida kimyoviy texnologiyalar, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyalari, irrigasiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmasevtika kabi yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

один × 3 =