O‘ZBEKISTON-HINDISTON QO‘SHMA ILMIY-TEXNIK LOYIHALAR TANLOVI

16.11.2019

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Loyihalarni bajarish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari Hindiston Respublikasidan loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkor topishlari lozim. Tanlovga har ikki tomondan loyihalar taqdim etilishi shart.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha bir tomonlama yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.

Ushbu tanlov ilm-fanning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va texnologiyalari
  2. Muxandislik fanlari
  3. Informatika va kommunikatsion texnologiyalar, amaliy matematika, ma’lumotlar bazasi va texnologiyalari
  4. Sog‘liqni saqlash va tibbiyot texnologiyalari
  5. Materialshunoslik fanlari
  6. Tabiiy fanlar va biotexnologiyalar
  7. Fizika va astrofizika
  8. Energiya, suv, iqlim va tabiiy resurslarga oid fanlar.

Loyihalarni taqdim qilish muddati: 2020-yil 14-fevralgacha.

Loyihani amalga oshirish muddati 36 oydan oshmasligi lozim.

Tanlovga hujjat topshirish talablari va loyiha shakli shu yerdan ko‘chirib olinadi. Ariza shakli to‘liq ingliz tilida to‘ldirilishi lozim va belgilangan muddatdan kechiktirmay Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishi lozim.

Tanlov natijalari 2020-yilning may oyida Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb sahifasida e’lon qilinadi.

Manba: mininnovation.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen + 16 =