«O’ZBEKISTON — HINDISTON: SAN’AT, FAN VA IJTIMOIY FANLAR SOHASIDAGI TADQIQOTLAR» | O’zDJTUDA XALQARO FORUM BO’LIB O’TDI

04.05.2021

2021-yilning 4-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida «O’zbekiston-Hindiston: san’at, fan va ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar» mavzusida xalqaro forum bo’lib o’tdi.

Forumda Lal Bahadur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi bilan o’zaro ilmiy hamkorlik samaradorligini oshirishga kelishib olindi.

Forum doirasida har ikki oyda seminar va davra suhbatlari o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bunda xorijiy ekspertlar, xususan, Hindiston oliy o’quv yurtlari vakillari onlayn platforma orqali ishtirok etadi.

Mazkur forum mutaxassislar va yosh olimlar uchun o’z bilim va tajriba maktabi bilan o’rtoqlashish imkoniyati bo’lib xizmat qiladi.

Forumda Hindistonning O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Shri Manish Prabhat, O’zDJTU rektori Ulug’bek Azizov, xalqaro ishlar bo’yicha ekspert va Hindiston fondi boshqaruv kengashi a’zosi janob Shakti Sinha, Lal Bahadur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi direktori, prof. Chander Shekhar  va sohaning boshqa yetuk tadqiqotchi olimlari, yosh mutaxassislar, doktorant va talabalar ishtirok etdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 − four =