O’ZBEKISTON INGLIZ TILI O’QITUVCHILARI ASSOTSIATSIYASI RAHBARI TOMONIDAN MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI

03.10.2023

O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari Assosiatsiyasi (UzTEA) rahbari Feruza Rashidova Samarqand davlat chet tillari institutiga tashrif buyurib, bilimga chanchoq yoshlarga va shu bilan birga malakali professor-o’qituvchilarga “Xorijiy tillarni o’rgatishda zamonaviy yondashuvlar va ilmiy-tadqiqot ishlarni samarali olib borish” bo’yicha mahorat darsini o’tkazdi.

Tashrif davomida tomonlar yaqin kelajakda Samarqand davlat chet tillar institutida UzTEAning filialini tashkil etishni rejalashtirdilar.

Ma’lumot uchun: O’zbekiston Ingliz tili O’qituvchilari Assosiatsiyasi – UzTEA – 1996 yilda tashkil qilingan bo’lib, bugungi kunda mamlakat bo’ylab 14 ta filiali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. UzTEA (Uzbekistan Teachers of English Association) ning bosh maqsadi – O’zbekistonda ingliz tilini o’rgatish mahoratini rivojlantirish, o’rgatuvchilarni zaruriy o’quv vositalari va materiallari bilan ta’minlash, shuningdek ingliz tilini o’rgatish haqidagi bilimlarini boyitish hisoblanadi. Shuning uchun UzTEA muntazam ravishda fikrlar va tajriba almashinish maqsadida turli forumlar, Ingliz tili o’qitish metodikasi va lingvistika yo’nalishida doimiy tarzda seminarlar, konferensiyalar va kurslar tashkil qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 16 =