O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM IMKONIYATLARI TOSHKENT XALQARO TURIZM KO‘RGAZMASIDA NAMOYISH ETILMOQDA

14.11.2019

2019-yilning 13-15-noyabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” XXV Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmada yurtimiz sayyohlik salohiyati, so‘nggi yillarda turizmni rivojlantirish yo‘lida qilingan ishlar samaralari namoyish etilmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Buyuk ipak yo‘lining madaniy, tarixiy va tabiiy merosini targ‘ib qilish va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan iboratdir.

“Ipak yo‘lida turizm” xalqaro ko‘rgazmasida yurtimiz oliy ta’lim tizimi salohiyati, xususan so‘nggi uch yil davomida malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida amalga oshirilgan ishlari ham namoyish qilindi.

Ko’rgazmada O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ham ishtirok etmoqda.

Shuningdek, ko’rgazmada O‘zMU, TDTU, TDIU, BuxDU, UrDU, TMI, TIQXMI, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti vakillari ham ishtirok etib, oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar aks etgan ekspozitsiyalar bilan qatnashdilar.

Ko‘rgazmada keyingi ikki yilda mamlakatimizda 35 ta, jumladan, 13 ta xorijiy oliy o‘quv yurti tashkil etilgani, yuzdan ortiq yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab 21 ta xorijiy mamlakatning 103 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 5 =